Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Oliygoh shaharchasi
Oliygoh shaharchasi

Shaharning shimoli-gʻarbiy qismida Toshkentning eng katta meʼmoriy majmuasi — oliygoh shaharchasi joylashgan boʻlib, u Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti binolarini birlashtiradi.

Oliygoh shaharchasini qurish toʻgʻrisidagi qaror 1959-yilda qabul qilingan edi, chunki bu OTMlarning fakultetlari va maʼmuriy binolari shahar boʻylab tarqab ketgan, eskirgan va taʼlim muassasalarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan edi.

Loyiha ishlab chiqish Moskvaning «Giprovuz» oliy oʻquv yurtlari loyihalash institutiga topshirildi. Loyiha bosh meʼmori etib Yelena Kalashnikova tayinlandi. U hamkasblari — meʼmorlar Ye. Sudakov, M. Ivashkin, M. Fyodorova, Ye. Baburskaya hamda muhandislar Ye. Yegorov va N. Gorbunov bilan birgalikda oʻsha davr uchun dolzarb boʻlgan minimalizm va funksionallikni birinchi oʻringa qoʻygan loyiha yaratdi. Majmua maʼmuriy binolar, oʻquv korpuslari, madaniyat uyi va talabalar yotoqxonalarini birlashtirdi. Qurilish 1961-yilda boshlandi; 1971-yilga kelib ayrim fakultetlar yangi binolarda oʻquv yilini boshlab yuborgan edi.

Majmuaning asosiy vizual belgisini 11 qavatli maʼmuriy bino va undan turli yoʻnalishlarga galereyalar bilan bogʻlangan oʻquv bloklari chiqadigan bosh oʻquv korpusi tashkil etadi.

1980-yillarning boshida politexnika instituti maʼmuriy binosi qurildi, uning mashinasozlik, geologiya va energetika fakultetlari esa 1971–1972-yillarda ish boshlagan edi.

Hozirgi kunda Milliy universitet tarkibida 17 fakultet, 85 kafedra va taxminan 1300 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritadi.

Politeхnika universiteti (1991-yildan — Toshkent davlat texnika universiteti; dastlab Sanoat instituti, 1949-yildan politexnika instituti) 1933-yilda universitet fakultetlari asosida tashkil etilgan. 2017-yilda unga Islom Karimov nomi berildi. Hozir TDTUda 8 fakultet, 58 kafedra, 735 oʻqituvchi bor va 11 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Shuningdek, qiziqarli joylar
«Bahor» restorani
«Bahor» restorani

«Bahor» restorani — Toshkentning birinchi banket zallaridan biri, 1958-yilda meʼmor V. D. Romanov l...

«Poytaxt» biznes-markazi
«Poytaxt» biznes-markazi

Bino 1970-yillar boshida OʻzSSR Davlat rejasi hisoblash markazi sifatida «OʻzNIIP shaharsozlik» in...

Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumi
Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumi

Bino 1928-yilda kooperativ texnikumi uchun qurilgan boʻlib, u inqilobgacha tashkil etilgan Toshkent...

Mutaxassislar uyi
Mutaxassislar uyi

Toshkentdagi «Mutaxassislar uyi» 1934-yilda A. Pavlov loyihasi boʻyicha konstruktivizm uslubida qur...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya